DC ERP
DC ERP — DacoreIT'ning içki ERP tizimi: sōrovdan invoysgaça — mijozlar, muhandislar, tiketlar, tōlovlar, maoş, HR, ombor, hisobotlar, sayt CMS'i va AI yordamçi. Frontend va backend — Nuxt 4 va Django.
DC ERP — Praga markazli IT field services kompaniyasi DacoreIT'ning içki tizimi: mijoz sōrovidan muhandisni yuboriş, işni yopiş, invoys va tōlovgaça bōlgan butun jarayon bitta joyda. Loyiha hozir faol işlab çiqilmoqda.
Modullar
- Operatsiyalar: mijozlar, muhandislar va ularning arizalari, tiketlar, vazifalar, ōzgartiriş sōrovlari.
- Moliya: invoyslar, yetkazib beruvçi invoyslari, tōlovlar navbati, xarajatlar, kompaniyalararo hisob-kitob, valyuta va tariflar.
- Xodimlar: HR, maoş, işga qabul.
- Savdo va ombor: sotuv, vendorlar, ombor provayderlari.
- Aloqa: poçta va xabarlar, bildirişnomalar; AI yordamçi.
- Sayt CMS'i: dacoreit.com kontenti va vizual tahrirlaş şu tizimdan boşqariladi.
Texnik yeçimlar
- Real vaqt: Django Çannels va Redis orqali WebSocket.
- Xavfsizlik: ikki bosqiçli kiriş (OTP), har ōzgariş tarixi va audit jurnali.
- Tiplangan API: frontend tiplari backend'ning OpenAPI sxemasidan generatsiya qilinadi.
- Fon vazifalari Celery'da, PDF hujjatlar ReportLab bilan; 1 860 ta avtomatik test.
- Deploy: ikkala qism uçun CI, backend Docker Compose'da.
Mening rolim
Tizim tōliq menda: arxitektura, Nuxt 4 frontend va Django backend.
Holat
Faol rivojlanmoqda — yangi modullar har hafta qōşilmoqda.