XBB — Xalq Bilan Birga
XBB — «Xalq Bilan Birga»: deputatlar va jamoatchilik bilan ishlash platformasi — tadbirlar, so'rovnomalar, LiveKit video konferensiyalar va hududlar kesimidagi statistika xaritasi. Veb-frontend'ni qurdim.
XBB — «Xalq Bilan Birga» — deputatlar va jamoatchilik bilan ishlash platformasi: tadbirlar, uchrashuvlar, aksiyalar va so'rovnomalar respublika, viloyat, tuman va mahalla darajasida rejalashtiriladi va hisobot qilinadi.
Nima qilindi
- Tadbirlar: yig'ilish, uchrashuv va aksiyalar, arxiv; korxonalar bo'yicha faoliyat jurnali dinamik maydonlar bilan.
- So'rovnoma konstruktori: maxsus maydonlar va regex quruvchi.
- Video konferensiyalar LiveKit'da — mehmonlar uchun ochiq havola orqali ham qo'shilish.
- Statistika: hududlar kesimidagi xarita (Leaflet) va grafiklar.
- Media va hujjatlar: postlar menejeri, jadval va rasmli matn muharriri, fayl yuklash.
- Xodimlar: 6 rolli ierarxiya — respublika, viloyat va tuman adminlari, amaliyotchi va deputat.
Texnik yechimlar
- Tiplangan API: backend'ning Swagger sxemasidan tiplar generatsiya qilinadi.
- Fon eksport: Excel hisobot Celery'da tayyorlanadi, frontend holatini kuzatib, tayyor bo'lganda yuklab oladi.
- Keshlangan GeoJSON asosidagi xarita, 3 til.
Mening rolim
Veb-frontend menda: barcha sahifalar, konferensiya oynasi, xarita va so'rovnoma konstruktori. Backend va mobil ilova jamoadagi boshqa dasturchilarniki.
Natija
Tadbir rejalashtirishdan hisobotgacha bo'lgan ish bitta panelda, har daraja faqat o'z hududini ko'radi.