Super Kitobxon
Super Kitobxon — onlayn tez o'qish maktabi platformasi: kurslar va himoyalangan video darslar, 32 ta interaktiv trenajyor (Schulte jadvali, RSVP va boshqalar), mentorli guruhlar, kitoblar, progress grafiklari va Click/Payme to'lovlari.
Super Kitobxon — onlayn tez o'qish maktabi: o'quvchi kurs sotib oladi, video darslar va mashqlardan o'tadi, trenajyorlarda har kuni shug'ullanadi va natijasini grafiklarda kuzatadi. Men platformaning frontend'ini — o'quvchi ilovasi va admin panelni — qurdim.
O'quvchi uchun
- Kurslar: katalog, solishtirish va filtrlar, yozilish; darslar daraxti, matn, fayllar, testlar va mashqlar bilan dars pleyeri.
- 32 trenajyor 7 toifada: Schulte jadvali, RSVP o'quvchi, WPM test, zigzag, Spritz va blok usullari, «parda» o'qish va boshqalar; ketma-ket trenajyor dasturlari va natijalar tarixi.
- Progress: 7, 30, 90 va 365 kunlik grafiklar va statistika kartalari.
- Guruhlar va kitoblar: mentorli guruhlar, PDF o'quvchi va audio pleyerli kutubxona.
- Fokus vositalari: taymer, metronom va fon musiqasi.
- SMS kod bilan ro'yxatdan o'tish, qurilma sessiyalarini boshqarish; Click va Payme orqali to'lov.
Admin panel
Kurslar, bo'limlar, darslar, video, testlar, mashqlar, foydalanuvchilar, guruhlar, kitoblar, musiqa va trenajyor kontentini (so'zlar, matnlar, rasmlar) boshqarish; qo'lda kursga yozish va ilova ichidagi tarjima muharriri.
Texnik yechimlar
- Trenajyorlar reyestri: har trenajyor kerak bo'lganda yuklanadi (lazy), backend ro'yxatni faqat sozlaydi — API ishlamasa ham lokal ro'yxat bilan ishlaydi.
- Umumiy trenajyor muhiti: ovoz, to'liq ekran, tezlik, tab yashirilganda pauza va natijani bir xil formatda qaytarish; mashq natijasi 0–1 nisbatda, admin belgilagan ball bo'yicha baholanadi.
- Aniq taymer: vaqt
setIntervalsanog'idan emas,Date.now()farqidan hisoblanadi — sekin qurilmalarda ham adashmaydi. - Video himoyasi: foydalanuvchi va sessiya ID'li harakatlanuvchi watermark va imzolangan cookie orqali kirish.
- Yangi versiya: har 10 daqiqada yangi build tekshiriladi va keyingi sahifa almashishda yangilanadi — mashq o'rtasida hech qachon.
- Tiplangan API: tiplar backend'ning OpenAPI sxemasidan generatsiya qilinadi; 4 til, kirill matni o'zbek lotinidan avtomatik yasaladi; 62 test fayli.
Mening rolim
Frontend to'liq menda: 43 sahifa, 246 komponent va 32 trenajyor. Backend (Django) alohida jamoada.
Natija
O'quvchi kurs, mashq va kundalik trenajyorni bitta platformada bajaradi va tezligi qanday o'sayotganini grafikda ko'radi.