Sovchi
Sovchi — jiddiy tanishuvlar uchun Telegram Mini App va admin panel: nomzodlar lentasi, real vaqt chat, «uzuk» takliflari, premium, yuz tekshiruvi va moderatsiya. Ikkala qismni boshlab qurdim.
Sovchi — oila qurish niyatidagi insonlar uchun tanishuv xizmati: foydalanuvchi Telegram ichidagi Mini App orqali o'ziga mos nomzodni topadi, jamoa esa admin panel orqali xizmatni boshqaradi.
Telegram Mini App
- Tanishuv: onboarding va «Sovchi AI» yordamida anketa, filtrli nomzodlar lentasi, yoqtirish, saqlash va moslikni tasdiqlash.
- Muloqot: real vaqt chat, chat so'rovlari, onlayn holat va qo'ng'iroqlar.
- «Uzuk» takliflari va e'lonlar.
- Premium: tariflar, boost, super xabarlar va to'lov.
- Ishonch: face-api.js bilan rasm tekshiruvi, rasmni xira qilib himoyalash.
Admin panel
Foydalanuvchilar, moderatsiya (rasmlar, tasdiqlash, shikoyatlar), to'lovlar va obunalar, support chat, hamjamiyat postlari, moslik analitikasi va statistika (nikohlar, joylashuv, yosh), xodimlar va ruxsatlar.
Texnik yechimlar
- Bir nechta WebSocket kanali: asosiy, chat, chatlar ro'yxati va bildirishnomalar.
- Bitta backend — ikki mijoz: Telegram Mini App va mobil ilova uchun alohida autentifikatsiya.
- Tiplangan API OpenAPI sxemasidan; Vitest kontrakt testlari.
Mening rolim
Mini App va admin panelni noldan boshladim: loyiha tuzilmasi, dastlabki sahifalar, WebSocket va admin chat. Keyin jamoa rivojlantirishni davom ettirdi; backend boshqa dasturchilarniki.